Live
1
O'zbek

Donnarumma: «Bu klubda o'ynash va bu shaharda yashash sharaf edi. Rahmat, Parij!»

Futbol
12 avgust, 16:38
«PSJ» darvozaboni jamoa muxlislari bilan xayrlashdi.
ФОТО: Насрулло Каримов
Nasrullo Karimov Editor
Donnarumma: «Bu klubda o'ynash va bu shaharda yashash sharaf edi. Rahmat, Parij!»
FOTO: Getty Images

Italiyalik darvozabon Janluiji Donnarumma «PSJ»ni tark etishi haqidagi mish-mishlar fonida jamoa muxlislariga murojaat qilib, Parij klubida qolmasligini tasdiqladi.

«Parijlik muxlislarga. Bu yerga kelgan birinchi kunimdan boshlab maydonda ham, undan tashqarida ham qo'limdan kelgan barcha ishni qilib, o'rnimni topish va «PSJ» darvozasini himoya qilishga harakat qildim.

Afsuski, kimdir endi men jamoaning bir qismi bo'la olmasligim va uning muvaffaqiyatlariga hissa qo'sha olmasligimni aytdi. Bu meni juda xafa qildi.

Umid qilamanki, men yana bir bor «Park de Prens»da muxlislar ko'ziga qarab, ular bilan xayrlashish imkoniga ega bo'laman. Agar bu sodir bo'lmasa, bilinglar: sizning qo'llab-quvvatlashingiz va mehringiz men uchun juda qadrli, men buni hech qachon unutmayman.

Jamoadoshlarim - mening ikkinchi oilam - biz birga o'tkazgan har bir jang, har bir kulgi, har bir lahza uchun rahmat. Siz doimo mening birodarlarim bo'lib qolasiz.

Bu klubda o'ynash va bu shaharda yashash men uchun sharaf edi. Rahmat, Parij!», - deb yozdi Donnarumma ijtimoiy tarmoqda.

Eslatib o'tamiz, Donnarumma 2021 yildan buyon «PSJ» safida o'ynab kelmoqda. Bu davr ichida u barcha turnirlarda 161 ta o'yinda maydonga tushdi va ularning 56 tasida o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Bugungi yangiliklar