Live
4
O'zbek

CAFA. O‘zbekiston milliy jamoasi Eronni qo‘shimcha bo‘limlarda mag‘lub etib, musobaqa g‘olibi bo‘ldi

Futbol
8 sentabr, 13:22
Og‘ir o‘tgan bellashuv taqdirini yagona gol hal qildi.
CAFA. O‘zbekiston milliy jamoasi Eronni qo‘shimcha bo‘limlarda mag‘lub etib, musobaqa g‘olibi bo‘ldi
Foto: UFA

Toshkent va Dushanbe mezbonlik qilayotgan «CAFA Nations Cup-2025» turnirining final bellashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston milliy jamoasi Eron bilan kuch sinashib, asosiy vaqtda 0:0 hisobidagi durangga imzo chekdi. Qo‘shimcha bo‘limlarda esa o‘zbekistonlik futbolchilar raqibidan ustun keldi — 1:0. Yagona golga Hojiakbar Alijonov mualliflik qildi.

Shu tariqa, O‘zbekiston musobaqaning oltin medallariga ega chiqdi. Amir G‘alenoyi bosh murabbiyligidagi Eron esa 2-o‘rin bilan cheklanadigan bo‘ldi.

CAFA Nations Cup-2025. Final
8 sentabr. Toshkent
O‘zbekiston – Eron 1:0
Gol: Alijonov 119.

O‘zbekiston: 1. O‘tkir Yusupov (35. Vladimir Nazarov, 54), 3. Hojiakbar Alijonov, 5. Muhammadqodir Hamraliev, 7. Otabek Shukurov (6. Akmal Mozgovoy, 80), 9. Odil Hamrobekov (8. Jamshid Iskanderov, 80), 14. Eldor Shomurodov, 19. Aziz Turg‘unboev (21. Igor Sergeev, 46), 22. Abbos Fayzullaev, 23. Husniddin Aliqulov, 27. Dilshod Komilov (30. Alibek Davronov, 101), 31. Ruslan Jiyanov (11. Oston O‘runov, 46).

Bugungi yangiliklar