Toshkent va Dushanbe mezbonlik qilayotgan «CAFA Nations Cup-2025» turnirining final bellashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston milliy jamoasi Eron bilan kuch sinashib, asosiy vaqtda 0:0 hisobidagi durangga imzo chekdi. Qo‘shimcha bo‘limlarda esa o‘zbekistonlik futbolchilar raqibidan ustun keldi — 1:0. Yagona golga Hojiakbar Alijonov mualliflik qildi.
Shu tariqa, O‘zbekiston musobaqaning oltin medallariga ega chiqdi. Amir G‘alenoyi bosh murabbiyligidagi Eron esa 2-o‘rin bilan cheklanadigan bo‘ldi.
CAFA Nations Cup-2025. Final
8 sentabr. Toshkent
O‘zbekiston – Eron 1:0
Gol: Alijonov 119.
Uchrashuvdagi yagona gol, qizil kartochka, penalti va boshqa e'tiborli vaziyatlarni tomosha qiling: