Live
1
O'zbek

"Buxoro" Sherzod Esanov bilan shartnoma imzoladi

Futbol
8 yanvar, 02:30
Sherzodning so'nggi klubi Belarusning "Dinamo Brest" jamoasi bo'lgandi.
"Buxoro" Sherzod Esanov bilan shartnoma imzoladi
Foto: PFC Bukhara

"Buxoro" klubi Sherzod Esanov bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

"Jamoamiz safiga tajribali va istiqbolli futbolchi Sherzod Esanov qo'shildi! Esanov professional faoliyati davomida nafaqat klub miqyosida, balki O'zbekistonning o'smirlar va yoshlar jamoalari safida ham to'p tepib, muhim xalqaro tajriba orttirgan.

Faoliyati davomida u "Chig'atoy", "Andijon", "Olimpik", "Akron" va "Dinamo Brest" kabi klublar sharafini himoya qilgan", — deyiladi xabarda.

Qayd etish lozim, Sherzodning so'nggi klubi Belarusning "Dinamo Brest" jamoasi bo'lgandi. Esanov bu yerdagi faoliyati davomida 9 o'yinda qatnashib, 2 ta assist muallifi bo'ldi.

Bugungi yangiliklar