O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi futbolchisi Abdumalik Anvarov jahon chempionati 3-turidan o‘rin olgan Panamaga qarshi bahsda jarohat olgandi.
Natijada futbolchi 85-daqiqada maydonni tark etishga to‘g‘ri kelgandi.
O‘FA matbuot xizmati xabar berishicha, Anvarov darhol chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Tekshiruvlarga ko‘ra, unda hech qanday jiddiy shikastlanish aniqlanmagan.
«Hozirda uning ahvoli yaxshi», - deyiladi O‘FA xabarida.
Eslatib o‘tamiz, o‘smirlar jamoasi pley-off bosqichida Xorvatiyaga qarshi maydonga tushadi.
