Live
2
O'zbek

Yevropa ligasi. "Aston Villa" "Bolonya"ni yirik hisobda yendi, "Braga" superkambek evaziga "Betis"ni turnirdan chiqarib yubordi

Futbol
16 aprel, 16:56
"Portu" va "Frayburg" ham yarimfinalda.
Yevropa ligasi. "Aston Villa" "Bolonya"ni yirik hisobda yendi, "Braga" superkambek evaziga "Betis"ni turnirdan chiqarib yubordi
Фото: Getty Images

Yevropa Ligasi chorakfinal javob o‘yinlari yakuniga yetdi.

"Aston Villa" o‘z maydonida "Bolonya"ni qabul qilib, 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uotkins, Buendiya, Rojers va Konsa gollarga mualliflik qildi. Unai Emery jamoasi yarimfinalga chiqdi.

"Braga" Andalusiyada "Betis"ga qarshi bahsda superkambekni amalga oshirdi. Mezbonlar ikki gol farqi bilan g‘alaba qozonayotgandi. Portugalik qatorasiga 4 ta gol urib, raqibidan yendi va yarimfinalga chiqdi.

"Nottingem Forest" o‘z maydonida "Portu"ni minimal hisobda yengib, yarimfinalga yo‘llanma oldi.

Yevropa Ligasi. Chorakfinal
Aston Villa – Bolonya 4:0
Gollar: Uotkins 16, Buendiya 26, Rojers 39, Konsa 89.
Birinchi: 3:1

Betis – Braga 2:4
Gollar: Antoni 13, Ezzalzouli 26 – Viktor 38, Vitor 49, Xorta 53 penalti, Gorbi 74.
Birinchi o‘yin: 1:1

Nottingem Forest – Portu 1:0
Gol: Gibbs-White 12
Birinchi o‘yin: 1:1

Selta – Frayburg 1:3
Gollar: Matanovich 33, Suzuki 39, 50
Birinchi o‘yin: 0:3

Bugungi yangiliklar