Bugun
59
O'zbek

Xames «Minnesota»ni tark etdi

Futbol
22 iyul, 05:25
Avvalroq kolumbiyalik futbolchining JChdan keyin faoliyatini yakunlashi mumkinligi xabar qilingandi.
Xames «Minnesota»ni tark etdi
Foto: Getty Images

«Minnesota Yunayted» Xames Rodriges bilan xayrlashganini e'lon qildi.

«Real» va «Bavariya» klublarining sobiq havbeki shu yilning fevral oyida Amerika klubiga o'tgandi. Kolumbiyalik futbolchi MLSda 6 ta o'yin o'tkazib, 2 ta golga assistentlik qildi.

Avvalroq 35 yoshli yarimhimoyachining Jahon chempionatidan keyin faoliyatini yakunlashi mumkinligi xabar berilgandi.

Ma'lumot uchun, Xames Jahon chempionatida 5 ta bahsda maydonga tushib, gol yoki assist qayd etolmadi. U Kolumbiya bilan 1/8 finalda Shveytsariyaga penaltilar seriyasida yutqazgan holda turnirni tark etdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Minnesota United Minnesota United
  • Kolumbiya Kolumbiya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar