Tojikiston Oliy ligasida yangi mavsum start oldi.
Doimgidek, bu chempionatda o‘zbekistonlik futbolchilarni ham uchratish mumkin.
Shuningdek, «Istaravshan» jamoasida Sherali Boboqulov bosh murabbiy. Ayollar futbolidagi faoliyati bilan tanilgan mutaxassis o‘tgan yilning ikkinchi davrasidan beri «Istaravshan»ni boshqaryapti.
Oliy ligada 12 ta jamoadan 7 tasida o‘zbekistonlik futbolchilar to‘p tepmoqda. 23 nafardan 7 nafari aynan Boboqulov jamoasida o‘ynaydi.
«Esxata»: Izzatullo Tursunov, Sergey Proxorov, Sanjar Rixsiboyev, Bekzod Saidov, Samandar Qodirov.
«Parvoz»: Muhriddin Ahmedov, Ismoiljon Oxunjonov, Bekjon Jo‘raboyev, Bahodir Abduvaliyev.
«Sardor»: Mirkomil Loqayev, Ja’far Ismoilov, Idris Bikmaykin, Asilbek Norboyev.
SSKA: Islombek Isoqjonov.
«Regar-TadAZ»: Asilbek Temirov.
«Ravshan»: Diyorbek Shavqiyev.
«Istaravshan»: Abdujalil Manazarov, Zoirjon Tursunov, Bobur Qosimov, To‘lqin Ergashev, Jahongir Safarov, Maradona Safarov, Amirbek Fayziyev.