«Shoʻrtan» sardori Sirojiddin Qoʻziyev birinchi davra yakuni arafasida jamoani tark etgandi.
28 yoshli yarimhimoyachi faoliyatini Hindiston Superligasida davom ettiradigan boʻldi.
Futbolchi «Bengaluru» klubi bilan shartnoma imzolagan.
Ushbu jamoa oʻtgan mavsum mamlakat Superligasida chempionlik uchun kechgan pley-off bahslarida finalgacha yetib borgan va hal qiluvchi bellashuvda «Mohun Bagan»ga magʻlub boʻlgan.
Avvalroq Gʻuzor klubi 4 nafar futbolchi bilan xayrlashganini eʼlon qilgandi.