Mavsumni uruganchliklarda o‘tkazgan yarimhimoyachi Sanjar Shoahmedov jamoani tark etdi.
34 yoshli futbolchi birinchi davrada Superliga doirasida 14ta o‘yinda qatnashdi. Shundan 1tasini asosiy tarkibda, qolganini zaxiradan maydonga tushgan.
Eslatib o‘tamiz, Shoahmedov faoliyati davomida OKMK, «Lokomotiv», «Terengganu», «Qizilqum», «So‘g‘diyona» va «Dinamo» jamoalarida o‘ynagan.