Oʻzbekiston U-20 jamoasining Qozogʻiston U-21ga qarshi oʻrtoqlik bellashuvlari uchun tarkibi eʼlon qilindi.
Kelayotgan Los-Anjeles-2028 Olimpiadasi uchun kurashadigan jamoa murabbiy Ravshan Haydarov boshqaruviga berildi.
U-20 jamoasi 6 oktyabr kuni yigʻinga kirishadi. 12 va 14 oktyabr kunlari esa Toshkentda Qozogʻiston yoshlariga qarshi ikki oʻyin oʻtkaziladi.
Darvozabonlar: Samandar Muratbayev (“Olimpik Mobiuz”), Maksim Murkayev (“Surxon”), Umar Rustamov (“Bunyodkor”);
Himoyachilar: Dilshod Abdullayev (“Paxtakor”), Dilshod Murtazoyev, Gʻiyos Rizoqulov, Saidxon Hamidov, Meyirbek Rejabaliyev, Ozodbek Ergashev, Roʻziboy Fayzullayev (hammasi — “Olimpik Mobiuz”), Narimon Ahmadjonov (“Bunyodkor”), Diyor Abdunazarov (“Nasaf”);
Yarimhimoyachilar: Rustam Fomin, Muhammadali Reimov (ikkalasi — “Olimpik Mobiuz”), Javohir Ubaydullayev, Sardor Bahromov (“Nasaf”), Oybek Oʻrmonjonov, Firdavs Abdurahmonov (“Dinamo”), Shohjahon Yoʻrqinboyev (“Andijon”), Muhammadali Oʻrinboyev (“Antverpen”, Belgiya), Asilbek Jumayev (“Surxon”), Ravshan Xayrullayev (“Buxoro”);
Hujumchilar: Nurlan Ibraimov (“Olimpik Mobiuz”), Abdugʻofur Haydarov (“Qoʻqon-1912”), Saidumar Saidnurullayev (“Andijon”).