Live
5
O'zbek

Nodir Mavlonov Butan klubi bilan shartnoma imzoladi

Futbol
22 oktabr, 05:39
Bu klub Butanning amaldagi chempioni hisoblanadi.
Nodir Mavlonov Butan klubi bilan shartnoma imzoladi
Фото: Chitwan

O‘zbekistonlik yarimhimoyachi Nodir Mavlonov faoliyatini Butan chempionatida davom ettiradi.

29 yoshli futbolchi «Paro» klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu klub Butanning amaldagi chempioni hisoblanadi.

Jamoa OFK Chellenj kubogi guruh bosqichida ishtirok etadi. Markazlashgan tarzda o‘tadigan guruh o‘yinlarida «Oltin Asr» (Turkmaniston), «Abdish-Ata» (Qirg‘iziston) va «Ash Shabab» (Omon) jamoalari bilan bellashadi.

Mavlonov bunga qadar «Bunyodkor», «Navbahor» jamoalarida to‘p tepgan. Shuningdek, Bangladesh, Nepal chempionatlarida ham o‘ynagan.

Bugungi yangiliklar