Live
3
O'zbek

Bundesliga. "Leypsig" "Hoffenhaym"ga 5 ta gol urib, 3-o'ringa ko'tarildi

Futbol
20 mart, 17:25
"Buqalar" YCHL yo'llanmasi uchun kurashdagi raqobatchisini tor-mor etishdi.
Bundesliga. "Leypsig" "Hoffenhaym"ga 5 ta gol urib, 3-o'ringa ko'tarildi
Foto: RB Leipzig
20.03.2026 FT Bundesliga Germaniya Leypsig Leypsig 5 : 0 Hoffenhaym Hoffenhaym

Germaniya chempionatining 27-turini boshlab bergan o'yinda "Leypsig" o'z uyida "Hoffenhaym" darvozasiga javobsiz 5 ta to'p kiritdi. Gruda va Baumgartner dublga erishdi.

"Buqalar" ochkolarini 50 taga yetkazib, qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 3-o'ringa chiqib olishdi. Xuddi shuncha ochkosi bo'lgan "Hoffenhaym" esa 5-pog'onaga tushdi.

Bundesliga. 27-tur
Leypsig — Hoffenhaym 5:0
20 mart, "Red Bull Arena"
Gollar: Gruda (17, 44), Baumgartner (21, 30), Henriks (78).
Leypsig — Vandevordt, Baku (Henriks, 76), Orbar, Lukeba, Raum (Finkgrafe, 82), Shlager (Banzuzi, 66), Zayvald, Baumgartner, Gruda, Romulo (Harder, 76), Diomande (Nusa, 66).
Hoffenhaym — Baumann, Soufal, Hranats (Haydari, 46), Qoboq, Bernardo (Damar, 76), Prass, Byurger, Promel, Toure (Kempbell, 69), Aslani (Kramarich, 46), Lemperle (Moerstedt, 69).
Ogohlantirishlar: Orban (15), Bernardo (23).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Leypsig Leypsig
  • Hoffenhaym Hoffenhaym
  • Bundesliga Germaniya Bundesliga Germaniya
Bugungi yangiliklar