Germaniya chempionatida 9-tur bahslari yakuniga yetdi.
"Hoffenhaym" (16) safarda "Volfsburg" (8, 12-o'rin) ustidan g'alaba qozonib, 6-o'ringa chiqib oldi.
"Kyoln" (14) esa "Hamburg"ni (8, 13-o'rin) yirik hisobda yengib, 7-pog'onaga ko'tarildi.
Bundesliga. 9-tur. 2 noyabr
Volfsburg — Hoffenhaym 2:3
Gollar: Amura (14, 56) — Bryurger (31, 62), Promel (50).
Kyoln — Hamburg 4:1
Gollar: Ahe (25), Kaynts (48), Al Mala (90+4), Kaminskiy (90+8) — Dompe (61).