Germaniya chempionatida 13-turning so‘nggi ikki o‘yini bo‘lib o‘tdi.
"Borussiya" (28, 3-o‘rin) Dortmundda "Hoffenhaym" (23, 5-o‘rin) ustidan g‘alaba qozonib, 3-o‘rinni mustahkamlab oldi.
5 ta gol urilgan bahsda esa "Hamburg" (15, 13-o‘rin) "Verder"ni (16, 11-o‘rin) mag‘lubiyatga uchratdi.
Bundesliga. 13-tur. 7 dekabr
Borussiya D — Hoffenhaym 2:0
Gollar: Brandt (43), Shlotterbek (60).
Borussiya D — Kobel, Anselmino, Anton, Shlotterbek, Koutu, Zabitzer, Nmecha (Bellinghem, 90), Svensson, Adeyemi (Bayer, 80), Brandt (Chukvuemeka, 80), Girassi (Silva, 90).
Hoffenhaym — Baumann, Tsoufal, Hranats, Haydari, Bernardo, Promel (Tohumju, 73), Avdullahu, Byurger (Glojek, 80), Aslani (Kramarich, 62), Lemperle (Bebu, 73), Ture (Moerstedt, 80).
Ogohlantirishlar: Bernardo (65), Haydari (68).
Hamburg — Verder 3:2
Gollar: Lokonga (63), Vuskovich (75), Poulsen (74) — Stage (45), Gideon (78).