O'zbekistonlik hujumchi Amirbek Bakayev Belarusning «Slutsk» klubini tark etdi.
Tomonlar oʻzaro kelishuv asosida shartnomani bekor qilishdi.
Joriy mavsum Bakaev «Slutsk» safida 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, birorta ham gol ura olmadi.
Futbolchi faoliyatini «Buxoro»da davom ettirishi mumkin. Hozirda ushbu jamoani uning otasi Ulug'bek Baqoyev boshqarmoqda.