Kongo Demokratik Respublikasida Ebola virusi avj oldi. Bu kasallik ortidan 177 nafar inson hayotdan ko'z yumgani tasdiqlandi.
The Touchline nashri xabar berishicha, AQSH hukumati milliy jamoa futbolchilarini mashg'ulot o'tkazayotgan Belgiyada 21 kunlik karantinga amal qilishlarini talab qilmoqda. Aks holda ular AQSHga kiritilmaydi. Natijada Kongo DR jahon chempionatidan chetlatilishi mumkinligi ogohlantirilgan.
Eslatib o'tamiz, Kongo guruhda O'zbekiston, Portugaliya va Kolumbiya bilan to'qnash keladi. Turnir 11 iyun kuni start oladi. Kongo milliy jamoasi ilk bellashuvini 17 iyun kuni Portugaliyaga qarshi o'tkazadi.