Sport Yangiliklari Bugungi - Tribuna.uz

Skaloni: «Messi yosh futbolchilar uchun eng yaxshi namuna»
Argentina milliy jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni Lionel Messining JCh-2026ga chaqirilishi haqida fikr bildirdi.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, Messi yosh futbolchilar uchun ideal namuna hisoblanadi.

«Bu yoshlar uchun eng yaxshi namuna. Ular Messiga qarab: «Qarang, u hali ham urinmoqda, o‘ynashni, maydonda bo‘lishni istayapti», deydi. Mana shu haqiqiy namuna. U deyarli o‘zgarmagan. Hali ham o‘sha futbolchi, o‘sha jangchi bo‘lib qolmoqda. Messi oltinchi mundialiga ham avvalgi ishtiyoq bilan bormoqda. Menimcha, bu hech qachon o‘zgarmaydi. Biz yosh futbolchilarga aynan shuni tushuntirishga harakat qilamiz. Gap nechta sovrin yutganing yoki qanday o‘ynaganingda emas, ishga qanday munosabatda bo‘lishingda», — dedi Skaloni matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi bungacha 2006, 2010, 2014, 2018 va 2022 yilgi Jahon chempionatlarida ishtirok etgan. JCh-2026 argentinalik yulduz uchun faoliyatidagi oltinchi mundial bo‘ladi.

Ruben Diash: «Ronalduning Jahon chempionatida g‘alaba qozonishiga yordam bermoqchimiz»
«Manchester Siti» hamda Portugaliya milliy jamoasi himoyachisi Ruben Diash JCh-2026 oldidan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronalduning mundialdagi orzusini amalga oshirish jamoa uchun qo‘shimcha motivatsiya bo‘layotganini ta’kidladi.

«Bu biz uchun qo‘shimcha motivatsiya. Barchamiz Krishtianu Ronalduning Jahon chempionatida g‘alaba qozonishiga yordam berishni juda istaymiz. Albatta, biz buni o‘zimiz, oilamiz va butun Portugaliya uchun ham xohlaymiz. Men bunda ortiqcha bosim ko‘rmayapman», — dedi Diash.

Eslatib o‘tamiz, 41 yoshli Krishtianu Ronaldu uchun JCh-2026 katta ehtimol bilan faoliyatidagi so‘nggi mundial bo‘ladi.

Portugaliya milliy jamoasi guruh bosqichida O‘zbekiston milliy jamoasi, Kolumbiya va Kongo DR bilan bir guruhdan joy olgan.

«Manchester Yunayted» Ederson transferini kelishib oldi
«Manchester Yunayted» «Atalanta» yarimhimoyachisi Ederson transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ingliz klubi futbolchi uchun Bergamo jamoasiga 40,5 million yevro to‘laydi.

Yana 4,5 million yevro bonuslar ko‘rinishida belgilangan.

Shu tariqa transferning umumiy qiymati 45 million yevroni tashkil qiladi.

Qayd etilishicha, «Manchester Yunayted» braziliyalik futbolchining o‘zi bilan ham barcha shaxsiy shartlarni kelishib olgan.

Tomonlar o‘rtasidagi bitim 4 yilga mo‘ljallanadi va yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyatini o‘z ichiga oladi.

Yaqin kunlarda Ederson tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

Barcha tomonlar transferni iyun oyining boshidayoq rasman yakunlashni istamoqda.

Goal talqiniga ko‘ra mavsumning eng yaxshi murabbiylari ma’lum bo‘ldi
Goal portali 2025/26 yilgi mavsumning eng yaxshi murabbiylari reytingini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, «PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike mavsumning eng yaxshi mutaxassisi deb topildi.

Ikkinchi o‘rinni Londonning «Arsenal» klubi ustozi Mikel Arteta egallagan bo‘lsa, kuchli uchlikni «Bavariya» murabbiyi Vensan Kompani yakunlab berdi.

Reytingdan jami 20 nafar murabbiy o‘rin olgan.

Goal talqiniga ko‘ra mavsumning eng yaxshi murabbiylari:

10)  Per Saj («Lans»)9) Franchesko Faryoli («Portu»)8) Andoni Iraola («Bornmut»)7) Kristian Kivu («Inter»)6) Hans-Diter Flik («Barselona»)5) Sesk Fabregas («Komo»)4) Unai Emeri («Aston Villa»)3)Vensan Kompani («Bavariya»)2) Mikel Arteta («Arsenal»)1) Luis Enrike («PSJ»)

Qizig‘i, «Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola ushbu reytingda faqat 11-o‘rindan joy oldi.

Mbappe La Ligada himoyaviy harakatlar bo‘yicha eng yomon natijani qayd etdi
«Real» hujumchisi Kilian Mbappe La Liga 2025/26 mavsumida himoyaviy harakatlar bo‘yicha eng past ko‘rsatkichni qayd etdi. Bu haqda FotMob statistik portali ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, fransiyalik futbolchi Ispaniya chempionatidagi 31 ta bahs davomida atigi 6 ta himoyaviy harakat amalga oshirgan.

Bu esa o‘rtacha har 90 daqiqaga 0,2 tadan ham kam ko‘rsatkich degani.

Natijada Mbappe ushbu reytingda La Ligadagi 344 futbolchi orasida oxirgi — 344-o‘rinni egalladi.

«Real»ning yana bir futbolchisi Vinisius Junior esa 336-o‘rindan joy oldi.

FotMob himoyaviy harakatlarga to‘p olib qo‘yish, to‘pni uzoqlashtirish, zarbalarni bloklash va to‘pni olib qolishni kiritgan.

Shunga qaramay, Mbappe o‘tgan mavsum ketma-ket ikkinchi bor La Liganing eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.

Fransiyalik hujumchi chempionatda 25 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Avvalroq Mbappe WhoScored talqiniga ko‘ra Chempionlar ligasi ramziy jamoasidan ham joy olgandi.

«Real» prezidentligiga nomzod: «Barselona»ni Segundada ko‘rishni istayman»
Madridning «Real» klubi prezidentligiga nomzod Enrike Rikelme «Barselona» haqida keskin fikr bildirdi.

U kataloniyaliklarning Segundaga tushib ketishini xohlashini yashirmadi.

«Men «Barselona»ni Segundada ko‘rishni istayman. Bu meni xursand qilardi. Bu menga quvonch olib kelgan bo‘lardi», — dedi Rikelme.

Shuningdek, undan «Barselona»ning umuman yo‘q bo‘lib ketishini xohlaysizmi?» degan savol ham so‘raldi.

«Bunda ham men uchun muammo bo‘lmasdi. Lekin men eng avvalo «Real»ning g‘alaba qozonishini istayman, boshqalarning taqdiri esa meni qiziqtirmaydi», — deya javob berdi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Real» prezidenti saylovi 7-iyun kuni bo‘lib o‘tishi rasman e’lon qilingandi.

Saylovda amaldagi prezident Florentino Peres hamda ispaniyalik tadbirkor Enrike Rikelme ishtirok etadi.

Nasri: «Luis Enrike faqat bitta klub uchun «PSJ»ni tark etishi mumkin»
«Arsenal» va «Manchester Siti» sobiq yarimhimoyachisi Samir Nasri Luis Enrikening kelajagi haqida fikr bildirdi.

Fransiyalik sobiq futbolchi fikricha, ispaniyalik mutaxassis faqat «Barselona» taklif qilsa «PSJ»ni tark etishi mumkin.

«Luis Enrike ketishi mumkinmi? Agar bir kun kelib unga «Barselona» qo‘ng‘iroq qilsa, u bu klubni yuragidagi jamoa deb bilgani uchun: «Men u yerga qaytishni istayman», deb o‘ylashi mumkin.

Hozir uning «PSJ»da ishlari yaxshi ketmoqda. Klub rahbariyati va Luis Kampush bilan ham yaxshi munosabatda.

Men Luis Enrike «PSJ»ni tark etishi mumkin bo‘lgan faqat bitta variantni ko‘ryapman — agar uni «Barselona» chaqirsa», — dedi Nasri.

Avvalroq Luis Enrike «PSJ» bilan shartnomasini 2030-yilgacha uzaytirishi haqida xabarlar tarqalgandi.

«Real» Dyumfris transferini yakunladi
Madridning «Real» klubi «Inter» hamda Niderlandiya milliy jamoasi himoyachisi Denzel Dyumfris transferini yakunladi. Bu haqda jurnalist va insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, tomonlar transferning barcha tafsilotlari borasida to‘liq kelishuvga erishgan. Qayd etilishicha, «Real» futbolchining shartnomasidagi 20 million yevrolik tovon pulini faollashtiradi.

Shuningdek, 30 yoshli himoyachining o‘zi ham Madrid klubiga o‘tishga rozilik bildirgan. Transfer yaqin vaqt ichida rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.

Dyumfris yakunlangan mavsumda barcha turnirlarda 28 ta bahsda maydonga tushib, 5 ta gol va 2 ta assist qayd etdi. Uning «Inter» bilan amaldagi shartnomasi 2028-yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchini 25 million yevroga baholamoqda.

«Real» Rikelme mojarosi fonida rasmiy bayonot berdi
Madridning «Real» klubi prezidentlikka nomzod Enrike Rikelmening keskin bayonotlaridan so‘ng rasmiy munosabat bildirdi.

Avvalroq ispaniyalik tadbirkor klub prezidentligi saylovlari shaffof o‘tayotganiga shubha bildirib, jarayonni Venesueladagi kommunistik diktatura bilan taqqoslagandi. Shundan so‘ng «Real» rasmiy sayti orqali maxsus bayonot e’lon qilindi.

Unda saylov komissiyasi hech bir nomzodga klub a’zolari ro‘yxatini bermagani ta’kidlandi.

«Saylov komissiyasi 7-iyun kuni bo‘lib o‘tadigan saylovlarda qatnashayotgan nomzodlarning hech biriga klub a’zolari ro‘yxatini taqdim etmagan», — deyiladi bayonotda.

Shuningdek, klub har ikki nomzodga saylovoldi materiallarini a’zolarga yuborish tartibi yozma ravishda tushuntirilganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Rikelmening o‘zi ham nomzodini topshirgan kuni ushbu tartib bilan shaxsan tanishtirilgan. Bayonotda pochta orqali yuboriladigan ovozlarning xavfsizligi bo‘yicha ham tushuntirish berildi.

Klub kuzatuvchilar uchun maxsus nazorat imkoniyati yaratilishini bildirib o‘tdi.

«Shaffoflik va ishonchni kuchaytirish maqsadida nomzodlar istasa, pochta orqali yuborilgan byulletenlar saqlanadigan hudud yaqinida kuzatuvchi tayinlashi mumkin», — deyiladi bayonotda.

Yakunda «Real» saylov komissiyasi butun jarayon davomida amaldagi qoidalarga qat’iy amal qilayotganini va saylov jarayonini hurmat qilishga чақирди.

Eslatib o‘tamiz, «Real» prezidenti saylovi 7-iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Unda amaldagi prezident Florentino Peres hamda tadbirkor Enrike Rikelme ishtirok etadi.

Lukaku milliy jamoalar tarixidagi gollari soni bo'yicha 5-o'ringa chiqib oldi
Belgiya milliy jamoasi hujumchisi Romelu Lukaku Xorvatiyaga qarshi bellashuvda gol urdi.

Riekadagi o'rtoqlik bellashuvida Romelu Belgiya milliy jamoasi safidagi 90-golini urdi.

Shu tariqa, 33 yoshli futbolchi milliy jamoalar safida urilgan gollar soni bo'yicha futbol tarixida beshinchi o'rinda bormoqda.

Eng yaxshi to'purari — portugaliyalik Krishtianu Ronaldu (143), undan keyin Lionel Messi (Argentina, 116), Ali Daei (Eron, 108) va Sunil Chetri (Hindiston, 95 gol) bormoqda.

"Chelsi" Kambyazonni sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda
"Chelsi" klubi "Yuventus"ning chap qanot himoyachisi Andrea Kambyazonni sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, ingliz klubi o'z himoyasini kuchaytirishga intilmoqda va Kambyazonni potensial transfer nishoni sifatida belgilab olgan.

Ma'lumot uchun, Andrea 2022 yilning iyulidan beri "Yuventus"da to'p tepib kelmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Yakunlangan mavsumda himoyachi 45 ta o'yinda maydonga tushib, uchta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt uning transfer qiymatini 30 million yevroga baholamoqda.

"PSJ" Pacho bilan muzokaraga kirishdi
"PSJ" ekvadorlik 24 yoshli himoyachi Vilyam Pacho bilan shartnomani uzaytirishga yaqin.

Insayder Fabrizio Romanoning xabar berishicha, himoyachi bosh murabbiy Luis Enrikening ishonchini oqladi va klub uni uzoq yillar o'z saflarida olib qolish niyatida.

Ayni paytda tomonlar rasmiy muzokaralarni boshlagan, ular yakunlangach, rasmiy e'lon qilinadi.

Bu mavsumda Pacho "PSJ" safida 44 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt talqiniga ko'ra, uning bozor qiymati 80 million yevroni tashkil etadi.

Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2029 yilgacha mo'ljallangan.

Kongo DR – Chili bahsi Ebola virusi xavfi tufayli bekor qilindi
Kongo DR va Chili milliy jamoalari o'rtasida Ispaniyaning La-Linea-de-la-Konsepsion shahrida o'tkazilishi rejalashtirilgan o'rtoqlik uchrashuvi bekor qilindi.

BBC nashri xabar berishicha, bu qaror shahar meri Xuan Franko tomonidan qabul qilingan bo'lib, u Ebola virusi bilan bog'liq jiddiy xavotirlar tufayli o'yinni o'tkazishga taqiq qo'ydi.

Manbaga ko'ra, jamoalar turnir boshlanishiga bir necha kun qolganda o'rtoqlik o'yinini o'tkazish uchun yangi joy topishga harakat qilmoqda.

Kongo DR milliy jamoasi avvalroq mamlakatda Ebola virusi tarqalishi sababli JCH-2026'ga tayyorgarlikni to'xtatgan edi.

Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti vaziyatni «favqulodda» deb baholagan, biroq uni pandemiya deb tan olmagan.

Ma'lumot uchun, JCH-2026'da Kongo DR milliy jamoasi K guruhida Portugaliya, O'zbekiston va Kolumbiya bilan bellashadi.

Yildiz "Yuve"dagi faoliyati haqida: "Klub mening salohiyatimga ishondi"
«Yuventus» hujumchisi Kenan Yildiz jamoadagi o'rni va kelajagi haqida gapirdi.

«Yuventus»da haqiqiy iz qoldirib, shu yerda o'z tariximni yozmoqchiman. Bu klubni tanlaganimda, bu shunchaki professional qaror emas, balki ishonch masalasi edi.

Aytishim mumkinki, menga aniq bir istiqbol bera olishini his qildim. Klub mening salohiyatimga ishondi va menga bosqichma-bosqich o'sish yo'lini taklif qilmoqda. Yosh futbolchi uchun eng muhim shartlardan biri — bu senga ishonishlaridir. «Yuventus» menga bu hisni ilk kundanoq beryapti», — deya Yildizning so'zlaridan iqtibos keltiradi insayder Nikolo Skira xabar berdi.

Ma'lumot uchun, Yildiz 2022 yilning yozida «Bavariya»dan «Yuventus»ga erkin agent maqomida o'tdi.

Sanches – «Ayaks» bosh murabbiyi
Amsterdamning «Ayaks» klubi Mishel Sanches jamoaning bosh murabbiyi etib tayinlanganini e’lon qildi.

Mutaxassis bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2028-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Bungacha Sanches 2021-yildan 2026-yilgacha «Jirona»ni boshqargan. Ushbu mutaxassis qo‘l ostida oq-qizillar 2024/2025-yilgi mavsumda Chempionlar ligasida ishtirok etishgan.

O‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, «Jirona» 41 ochko jamg‘arib, La Liga turnir jadvalida oxirgidan oldingi, 19-o‘rinni egallagan.

Shuningdek, mutaxassis faoliyati davomida «Ueska» va «Rayo Valyekano» klublarini ham boshqargan.

«Ayaks» esa mavsum yakunlariga ko’ra, Erediviziya turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egalladi.

«Inter Mayami» Oyos bo’yicha bir qarorga keldi
«Inter Mayami» jamoasi murabbiy Gilermo Oyos bo’yicha bir qarorga keldi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.

Oyos aprel oyida iste’foga chiqqan Xavyer Maskerano o’rnini egallagandi. Rahbariyat esa murabbiy bilan hamkorlikni davom ettiradi.

Ta’kidlanishicha, mutaxassis Florida jamoasi bilan kamida MLSning joriy mavsumi oxirigacha ishlaydi.

Oyos boshchiligida «Inter Mayami» oltita g‘alabaga erishdi, bir marta durang o‘ynadi va bir bor mag‘lubiyatga uchradi.

Ayni paytda «Inter Mayami» 31 ochko bilan Sharqiy konferensiya musobaqa jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Jamoa MLSning amaldagi g‘olibi hisoblanadi.

«MYU» Hollni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
«Nyukasl» himoyachisi Lyuis Holl faoliyatini «Manchester Yunayted»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, mankunianliklar bu futbolchida chap qanot himoyachisi pozitsiyasini kuchaytirish imkoniyatini ko‘rmoqda.

Ehtimoliy kelishuv qiymati 50 million funt sterlingga baholanmoqda.

Holl «Chelsi» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2023 yilda u ijaraga asosida «Nyukasl» safiga qo‘shilgan. 2024 yilda «qarğalar» esa futbolchini to‘liq sotib olgan.

Shu vaqtga qadar Lyuis «Nyukasl» safida barcha turnirlar doirasida 102 ta o‘yin o‘tkazib, uchta gol urdi va ettita golli uzatmani amalga oshirdi.

«Real» Kukurelyani o’z safiga qo’shib olmoqchi
«Chelsi» qanot himoyachisi Mark Kukurelya London klubini tark etishga tayyor. Bu haqda The Athletic xabar bermoqda.

Manbaga ko’ra, bir nechta jamoa yozgi transfer ehtimoli borasida futbolchining vakillari bilan bogʻlandi. Kukurelyani oʻz safiga qoʻshib olish boʻyicha «Barselona» va Madridning «Atletiko» klublari murojaat qilgan.

«Real» klubi ham yozda chap qanot himoyachisini qidirmoqda va «Chelsi»ning ispaniyalik 27 yoshli futbolchisini yuqori baholaydi.

Biroq, ayni damda «qaymoqranglilar» ispaniyalik futbolchini sotib olish boʻyicha biror qadam tashlashi haqida maʼlumot yoʻq.

Oʻtgan mavsumda Kukurelya barcha musobaqalar doirasida 50 ta oʻyinda ishtirok etib, oʻz hisobiga bitta gol va toʻrtta golli uzatma yozdirib qoʻydi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029-yilning yoziga qadar moʻljallangan. Transfermarkt portali maʼlumotlariga koʻra, futbolchining bozor qiymati 50 million yevroni tashkil qiladi.

«River Playt» Mastantuononi ijaraga olishni istamoqda
«River Playt» klubi «Real» yarimhimoyachisi Franko Mastantuononi qaytarish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

ESPN xabariga ko'ra, Buenos-Ayres klubi rahbariyati 18 yoshli futbolchini qisqa muddatli ijara asosida o'z safiga qo'shib olmoqchi.

«River Playt» o'z tarbiyalanuvchisining qaytishi unga kerakli o'yin tajribasini olishga va tanish muhitda rivojlanishiga yordam berishiga umid qilmoqda.

Yaqinda «Real» bilan shartnoma imzolagan Mastantuono Argentina klubi bilan kuchli hissiy aloqani saqlab qolgan. Futbolchining qaytishi Libertadores Kubogining muhim o'yinlari oldidan jamoaning hujum chizig'ini sezilarli darajada kuchaytirishi mumkin.

Yakunlangan mavsumda Mastantuono Madrid klubi safida 35 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt futbolchini 45 million yevroga baholamoqda.

Nesta – "Avellino" bosh murabbiyi
"Milan" va Italiya milliy jamoasining sobiq himoyachisi Alessandro Nesta "Avellino" bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqda Corriere dello Sport xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Nesta bu lavozimda fevral oyida jamoani qabul qilib olgan va uni chempionatda sakkizinchi o'ringa olib chiqqan Davide Ballardini o'rnini egalladi. Alessandroning so'nggi ish joyi o'tgan "Monza" edi.

Ma'lum bo'lishicha, "Avellino" rahbariyati Nesta qo'l ostida jamoa yuqori divizionga chiqish uchun kurasha olishiga umid qilmoqda. Nesta bilan shartnoma shu hafta rasmiy imzolanadi.

Eslatib o'tamiz, Alessandro Nesta 2002 yildan 2012 yilgacha "Milan" safida to'p tepgan.