Bugun Qirgʻiz Respublikasining Bishkek shahrida sport kurashlari boʻyicha U15 yosh toifasidagi Osiyo chempionati start oldi. Musobaqani yunon-rum kurashi ustalari boshlab berishdi.
Barcha vazn toifalarida kechgan bellashuvlarda Oʻzbekiston terma jamoasi a’zolari 1 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medallarini qoʻlga kiritishdi.
Oltin medal:
-44 kg: Sodiqjon Hamidov
Kumush medal:
-41 kg: Afruzbek Ibragimov
-52 kg: Samandar Madaminov
Bronza medal:
-38 kg: Mehmet Annageldiyev
-57 kg: Muhammadaziz Gʻofurov
-62 kg: Muhammadrasul Hakimov
-75 kg: Azamat Rahmatov
Ushbu natija bilan «klassik» kurashchilarimiz umumjamoa hisobida uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritishdi. Bugun qizlar kurashi boʻyicha bahslar oʻtkaziladi.