O'zbek Ўзбек

Xuan Mata: «umid qilamanki Bruno kelayotgan mavsumda 40 ta gol uradi»

Futbol
5 iyul, 14:25
«Manchester Yunayted» sobiq futbolchisi klubdagi xotiralari, futbolchi va murabbiy haqida fikr bildirdi.
Xuan Mata: «umid qilamanki Bruno kelayotgan mavsumda 40 ta gol uradi»
Photo: gettyimages

«Manchester Yunayted» sobiq futbolchisi Xuan Mata klub, Amorim va Bruno haqida fikr bildirdi:

«Avvalo barcha futbolchilar yaxshi o'yin namoyish qilib, klubni yana avvalgi darajasiga olib chiqishadi, deb umid qilaman.

Qiyin mavsum bo'ldi. Hamma huddi men kabi Yevropa ligasi finalini tomosha qildi. Men ham bu o'yin natijasidan hafa bo'ldim. Yangi mavsumda hammasi yaxshiroq bo'lishiga ishonaman. Amorim buni uddalay oladi. U yosh va izlanuvchan murabbiydir.

Menga Bruno yoqadi. U bilan ko'p gaplashaman. Umid qilamanki u kelayotgan mavsumda 40 ta gol uradi.

Manchesterni yaxshi ko'raman va o'z uyim sifatida his qilaman. Bu yerdagi odamlar va muhit yoqadi. Ajoyib xotiralarim qolgan. Balki qachondir yana «Yunayted»ga qaytarman. Buni vaqt ko'rsatadi»,-dedi Mata

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov Editor
Bugungi yangiliklar
Oxirgi yangiliklar