O'zbek Ўзбек

Xabi Alonso: «Hammasiga ijobiy qarash kerak»

Futbol
6 iyul, 01:42
«Real» bosh murabbiyi «Dortmund» bilan o'yin, Garsiya va «PSJ» haqida fikr bildirdi.
Xabi Alonso: «Hammasiga ijobiy qarash kerak»
Photo: gettyimages

Klublar o'trasidagi jahon chempionatining chorakfinal uchrashuvlari doirasidagi «Real Madrdid» - «Borussiya Dortmund» (3:2) qarama-qarshiligidan keyin Xabi Alonso o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:

«Natijani nazorat qilayotgan edik. So'nggi 10 daqiqa «aql ozgan» holatda o'tdi. Biroz o'yin uslubimiz va shiddatni yo'qotdik. Baxtimizga g'alaba qozondik. Umumiy olganda 80 minutni yaxshi o'tkazdik va ohirgi 10 daqiqalikni o'rganib chiqishimiz kerak.

Gonsalo jamoaga moslashmoqda va borini berib mehnat qilmoqda. U maydondagi kerakli 9- hududga joylasha oldi. Garsiyaning qilayotgan ishlaridan xursandmiz.

«PSJ» bilan duch kelish biz uchun katta chaqiruv. Hammasiga ijobiy qarash kerak. Parij to'sig'idan o'ta olamiz»,-dedi mutaxassis.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov Editor
Bugungi yangiliklar
Oxirgi yangiliklar