O'zbek Ўзбек

Usmon Nurmagomedov navbatdagi jangini qachon o'tkazishini aytdi

Boshqa sportlar
27 iyun, 05:36
U so‘nggi bor yanvarda oktagonga chiqqandi.
Foto: Getty Images

Usmon Nurmagomedov o‘zining navbatdagi jangi qachon bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi.

«Men oktyabrda navbatdagi jangimni o‘tkazaman», – dedi PFL’ning yengil vazn toifasidagi jangchisi.

Nurmagomedov (19-0) so‘nggi marta yanvarda oktagonga chiqqan va Pol Hyuzni hakamlar qarori bilan mag‘lub etgan.

Avvalroq Hyuz Nurmagomedovni revanjdan qochishda ayblagandi: «Men uning bahonalaridan to‘yganman».

Shuningdek, Usmonning amakivachchasi Habib Nurmagomedov UFC tarixidagi eng yaxshi jangchini aytgandi.

Aʼzamjon Izzatillayev
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Bugungi yangiliklar
Oxirgi yangiliklar