O'zbek Ўзбек

Usik Duboaga qarshi revanj jangidan qancha pul ishlab olishi ma'lum bo‘ldi

Boks
28 iyun, 04:20
Revanj jang 2025 yil 19 iyul kuni Londondagi «Uembli» stadionida bo‘lib o‘tadi.
Usik Duboaga qarshi revanj jangidan qancha pul ishlab olishi ma'lum bo‘ldi
Фото: Getty Images

Prof boksning super og‘ir vazn toifasida WBA, WBO, WBC va IBO kamarlarining sohibi, ukrainalik Aleksandr Usik 19 iyul kuni Daniyel Duboaga qarshi ringga ko‘tariladi.

TSN xabariga ko‘ra, jangga 203,5 mln dollar tikilgan. Aleksandr Usik ushbu bellashuv orqali 132,28 mln dollar ishlab oladi. Britaniyalik bokschi Duboa 71,22 mln dollarga ega bo‘ladi.

Qayd etish kerakki, har ikki bokschi faoliyatidagi eng katta gonorarga ega bo‘lishadi.

Eslatib o‘tamiz, Usik va Duboa o‘rtasidagi birinchi jang 2023 yil avgust oyida Polshada bo‘lib o‘tgan va unda Usik to‘qqizinchi raundda nokaut bilan g‘alaba qozongan edi.

Avvalroq Olimpiadaning ikki (2012, 2016) karra bronza medali sohibi, uch karra (2011, 2013, 2015) jahon chempionati sovrindori qozoqistonlik superog‘ir vaznli Ivan Dichko Aleksandr Usik va britaniyalik Daniyel Duboa jangiga o‘z taxminini bildirgandi.

Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Bugungi yangiliklar
Oxirgi yangiliklar