Bugun
38
O'zbek

Uolkott: «Reshford bu mavsum ajoyib o‘ynadi»

Futbol
9 iyun, 03:56
Angliyalik sobiq futbolchi vingerning JCHdagi ishtirokidan katta umid qilmoqda.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Uolkott: «Reshford bu mavsum ajoyib o‘ynadi»
Foto: Getty Images

Angliya milliy jamoasining sobiq futbolchisi Teo Uolkott Markus Reshfordning o‘yinlariga yuqori baho berdi.

Mutaxassisning fikricha, «Barselona» vingeri 2026 yilgi Jahon chempionatida Angliya milliy jamoasining asosiy futbolchilaridan biri bo‘lishi kerak.

«Bu mavsum Reshford ajoyib o‘ynadi. Men uning Angliya milliy jamoasi safidagi o‘yinlarini sabrsizlik bilan kutyapman.

Barcha futbolchilar orasida aynan u meni eng ko‘p ruhlantirmoqda», — dedi Uolkott The Wayne Rooney Show podkastida.

Qayd etilishicha, Reshford o‘tgan mavsum «Barselona» safida barcha musobaqalarda 49 ta bahsda maydonga tushib, 14 ta gol va 14 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Eslatib o‘tamiz, angliyalik futbolchi Kataloniya klubida «Manchester Yunayted»dan ijara asosida to‘p tepmoqda.

Ma’lumot uchun, Reshford Angliya milliy jamoasining 2026 yilgi Jahon chempionati uchun qaydnomasidan joy olgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar