O'zbek Ўзбек

UFC on ESPN 69. Kamaru Usman Hoakin Baklini mag‘lub etdi va boshqa natijalar

MMA
15 iyun, 07:48
Nigeriyalik jangchi 4 yillik tanaffusdan so‘ng g‘alaba qozondi.
UFC on ESPN 69. Kamaru Usman Hoakin Baklini mag‘lub etdi va boshqa natijalar
Foto: Getty Images

15 iyun kuni Atlantada (AQSH) UFC on ESPN 69 janglar kechasi bo‘lib o‘tdi.

Markaziy jangda sobiq chempion Kamaru Usman (21-4) yarim o‘rta vazn toifasi reytingida 7-o‘rinni egallab turgan Hoakin Baklini (21-7) hakamlarning yakdil ovoziga ko‘ra mag‘lub etdi — 49-46, 49-46, 48-47.

E’tiborli tomoni, bu — nigeriyalik 38 yoshli atletning 2021 yildan beri ilk g‘alabasi.

Turnirning asosiy janglari:

🔘 Rouz Namayunas (15-7) Miranda Maverikdan (17-6) ochkolarga ko‘ra ustun keldi — 30-27, 30-27, 29-28;

🔘 Andre Petroski (13-5) Edmen Shaxbazyanga (15-5) yutqazdi — 27-30, 27-30, 28-29;

🔘 Raoni Barselos (20-5) Kodi Garbrandt (14-7) ustidan g‘alaba qozondi — 28-29, 28-29, 28-29;

🔘 Mansur Abdul-Malik (9-0) Kodi Brandejni (11-7) mag‘lubiyatga uchratdi — 30-27, 29-28, 29-28;

🔘 Alonzo Menifild (17-5-1) Umar Si (11-1) ustidan g‘alabaga erishdi — 29-28, 29-28, 29-28.

Aʼzamjon Izzatillayev
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Bugungi yangiliklar
Oxirgi yangiliklar