Las-Vegasda UFC 317 yirik turniri bo'lib o'tdi. Tadbirning markaziy jangi yengil vazn toifasidagi vakant chempionlik kamari uchun kechdi.
Mazkur to'qnashuvda Ilia Topuriya va Charlz Oliveira to'qnash keldi. Jang birinchi raunddayoq Topuriya tomonidan nokaut bilan yakunlandi va u UFCning yengil vazndagi yangi chempioniga aylandi.
Bu g'alabadan so'ng Ilianing MMAdagi natijasi 17 g'alaba va birorta mag'lubiyatsiz ko'rinish oldi. Oliveira esa faoliyati davomida 35 marta g'alaba qozongan bo'lsa, 11 marta mag'lub bo'lgan va bir jang natijasiz yakunlangan.
Eslatib o'tamiz, Topuriya yarim yengil vazn toifasida ham UFC chempioni bo'lgan, ammo yangi divizionga o'tish uchun bu kamardan voz kechgandi.
Avvalroq UFC tarixidagi afsonaviy jangchi Jon Jons faoliyatini yakunlagani ma'lum qilingandi.