O'zbek Ўзбек

U-23 yosh toifasidagi kurashchilarimiz Osiyo chempionatida 16 ta medal qo‘lga kiritdi

Boshqa sportlar
22 iyun, 03:17
Vyetnamda sport kurashlari bo‘yicha U-23 yosh toifasidagi Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi.
U-23 yosh toifasidagi kurashchilarimiz Osiyo chempionatida 16 ta medal qo‘lga kiritdi
Foto: MOQ

U-23 yosh toifasidagi kurashchilarimiz Osiyo chempionatida 16 ta medal qo‘lga kiritdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Vyetnamda sport kurashlari bo‘yicha U-23 yosh toifasidagi Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi. Erkin kurash ustalari o‘rtasida kechgan so‘nggi kun bahslarida atletlarimiz 2 ta kumush va 1 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Kumush medal:
-65 kg: Umidjon Jalolov
-74 kg: Zafarbek Otahonov

Bronza medal:
-92 kg: Sadriddin Daminjonov

Shu tariqa, mazkur yosh toifasidagi sportchilarimiz qit'a birinchiligini 2 ta oltin, 5 ta kumush va 9 ta bronza, jami 16 ta medal bilan yakunladi. Ertadan U-17 yosh toifasidagi polvonlarimiz bahslarga kirishadi.

Avvalroq Qilichbozlik bo‘yicha sablyachi qizlarimiz Osiyo chempionatida sovrindor bo‘lgani ma'lum qilingandi.

Shohrux Zoirov
Shohrux Zoirov Editor
Bugungi yangiliklar
Oxirgi yangiliklar