«Barselona» sport direktori Deko va bosh murabbiy Hans-Diter Flik «Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshford bilan emas, «Liverpul» futbolchi Luis Dias bilan shartnoma imzolamoqchi ekanligi haqida xabar berilgan edi.
ManchesterEveningNews nashrining xabar berishicha Markus Reshfordning xizmatlariga londonnling Tottenhem klubi qiziqish bildirmoqda.
O'tgan mavsumni 2-yarmini «Aston Villa» tarkibida ijarada o'tkazgan angliyalik 27 yoshli hujumchi yangi mavsumni «shporlar» tarkibida boshlashi mumkin.
«Tottenhem» o'tkan mavsum Yevropa ligasi finalida «Manchester Yunayted»ni mag'lubiyatga uchratib bosh sovrinni qo'lga kiritish bilan birgalikda Chempionlar ligasi yo'llanmasini ham naqd qilgan edi.