Toshkent shahrida stol tennisi boʻyicha U-15 va U-19 yosh toifalaridagi qitʼa birinchiligi start oldi. «Humo arena» mezbonlik qilayotgan musobaqada Xitoy, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Hindiston, Eron, Qozogʻiston kabi 22 davlatdan 400 nafardan ortiq atlet ishtirok etmoqda.
Hozirda sportchilar saralash bahslarini oʻtkazishyapti. Dasturga koʻra musobaqaning tantanali ochilish marosimi ham tashkil etildi. Ushbu turnir stol tennisi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi 29-Osiyo chempionati hisoblanadi.
Bellashuvlar 26-iyundan 2-iyulgacha «Humo arena»da davom etadi.