O'zbek Ўзбек

Topuriya: “Sarukyan Oliveyraning nokautidan shokka tushdi. U qo‘rqib ketdi”

MMA
30 iyun, 07:39
Gruziyalik chempion Arman undan qo‘rqayotganini aytdi.
Topuriya: “Tsarukyan Oliveyraning nokautidan shokka tushdi. U qo‘rqib ketdi”
Foto: Getty Images

Iliya Topuriya Arman Sarukyan undan qo‘rqadi, deb hisoblaydi.

“U qo‘rqib ketdi. Arman bu nokautdan hayratda qoldi. Uning yuzida shunday yozilgan edi: ‘Men bu jang uchun zahirada edim, lekin shukrki, Charlzga hech narsa bo‘lmadi va u oktagonga chiqdi. Chunki uning o‘rnida men bo‘lishim mumkin edi’.

U har doim jang qilmasligini bilganda vazn oshiradi”, — dedi UFC chempioni Iliya Topuriya.

Foto: Getty Images

Eslatib o‘tamiz, Arman Sarukyan Topuriya va Charlz Oliveyra o‘rtasidagi to‘qnashuvda rasmiy zaxira jangchisi bo‘lgandi. Jangda gruziyalik atlet 1-raunddayoq raqibini nokautga uchratdi va g‘alabali seriyasini davom ettirgan holda engil vazn chempioniga aylandi.

Aʼzamjon Izzatillayev
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Bugungi yangiliklar
Oxirgi yangiliklar