O‘zbekiston milliy terma jamoasi yetakchilari Eldor Shomurodov Turkiyaning «Istanbul Bashakshehir», Rustamjon Ashurmatov esa Tehronning «Istiqlol» klubiga o‘tmoqda.
Sports24.uz sayti O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadzening bu transferlarga munosabati bilan qiziqdi.
«To‘g‘risi, hali bu ikki transfer rasmiy amalga oshmadi. Har bir futbolchimiz yaxshi, kuchli klublarda va tajribali murabbiylar qo‘lida o‘ynashini tilayman.
Shomurodov va Ashurmatov hozirgacha yaxshi jamoalarda o‘ynashdi, kuchli murabbiylar bilan ishlashdi. Ishonamanki, ularning oldida boshqa variantlar ham bo‘lgan. Bu ularning tanlovi, munosabatim ijobiy, har ikkitasiga omad tilayman.
Terma jamoa bosh murabbiyi sifatida bitta narsani tilayman – qaysi klubga o‘tishsa ham asosiy futbolchi bo‘lib ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishsin. Eldor ham, Rustam ham yosh bola emas. Har ikkisi ham tajribali futbolchilar hisoblanadi», - dedi Timur Kapadze.
Farhod Fayziyev suhbatlashdi