2025-yilgi O‘zbekiston Superligasining 15 turdan iborat birinchi davrasida Temur To‘xtasinov 10 ta o‘yinda bosh hakam sifatida ishladi.
To'xtasinov uchrashuvlarni o‘tkazishdagi barqarorligi natijasida «1-davraning eng yaxshi hakami» deb topildi va 10 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Eslatib o'tamiz, bugun Superliga 15-turining ikki markaziy o'yini bo'lib o'tadi. «Dinamo» Samarqandda peshqadam «Nafas»ni qabul qilsa, «Paxtakor» safarda «Navbahor» mehmoni bo'ladi.