O'zbek Ўзбек

Superliga. "So‘g‘diyona" Jizzaxda "Qo‘qon-1912"ni mag‘lub etdi, Termizdagi o‘yinda hisob ochilmadi

Futbol
4 iyul, 12:55
15-tur o‘yinlari davom ettiriladi.
Superliga. "Sog‘diyona" Jizzaxda "Qo‘qon-1912"ni mag‘lub etdi, Termizdagi o‘yinda hisob ochilmadi
Фото: UzPFL

Superliga 15-turidan o‘rin olgan ikki uchrashuv yakunlandi.

"So‘g‘diyona" klubi o‘z maydonida "Qo‘qon-1912"ni qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bu g‘alabadan so‘ng jizzaxliklar ochkolarini 16 taga yetkazib, 11-o‘ringa ko‘tarildi. Bahrom Haydarov shogirdlari esa 15-pog‘onaga tushdi.

Termizdagi bahsda "Surxon" va "Buxoro" durang o‘ynadi – 0:0. Natijada Fevzi Davletov shogirdlarining ochkolari 18 taga yetib, 8-o‘rinda qoldi. "Buxoro" esa 13 ochko jamg‘argan holda, 14-pog‘onada birinchi davrani yakunladi.

Superliga. 15-tur
So‘g‘diyona – Qo‘qon-1912 2:1
Gollar: Lyupcho Doriev, 36 penalti (1:0), Lyupcho Doriev, 41 (2:0), Muhammadanas Hasanov, 47 (2:1)
So‘g‘diyona – Milan Mitrovich, Zoir Jo‘raboyev, Islomjon Qobilov, Otabek Ahadov, Xondamir Mustafoqulov, Suxrob Izzatov, Samandar Mavlonqulov, Lyupcho Doriev, Javohir Qahramonov (Ehson Panjshanbe, 81), Stanislav Andreev (Jasurbek Jaloliddinov, 59), Nodirjon Soyibov (Sardor Rahmonov, 67)
Qo‘qon-1912 – Azizxon Isaqov, Jasurbek Yoqubov, Alisher Salimov (Alisher Khayrullaev, 89), Shota Gvazava, Baxtiyorjon Qosimov (Shahzod Beshimov, 46), Javohir Khusanov, Jasur Xolturaev (Yegor Kondratyuk, 74), Zafar Hakimov, Shahzod Akramov, Iqboljon Malikjonov (Bahrom Abdurahimov, 58), Muhammadanas Hasanov

Surxon – Buxoro 0:0
Surxon – Dilshod Yo‘ldoshev, Nodirkhon Ne’matxonov, Jamaliddin Khojaniyozov (Behzod Shamsiyev, 46), Dostonbek Tursunov, Dmitriy Pletnyov (Diyor Ramazonov, 80), Muhammadali Abdurahmonov (Abdug‘afur Haydarov, 80), Javohir Jo‘rayev, Sherzod Komilov (Nodirbek Abduxalikov, 67), Asilbek Jumayev, Behrўz Shaydulov, Sunnatilla Poyonov (Asadbek Karimov, 67).
Buxoro – Shirinboy Abdullayev, Izzatillo Po‘latov (Husayn Ergashboyev, 90+4), Javohir O‘tamurodov (Shahboz Jo‘rabekov, 46), Sardor Qulmatov, Ravshan Khayrullaev, Muhammadsafo Fozilov (Anvarjon Jo‘rayev, 65), Shohruz Norxonov (Asilbek Qayumov, 65), Frane Chiryak, Muhammad Yuldashev, Yosip Tomashevich, Dominik Begich.

Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Bugungi yangiliklar
Oxirgi yangiliklar