O'zbek Ўзбек

Superliga. Samarqanddagi peshqadamlar bahsida durang qayd etildi, "Paxtakor" "Navbahor"ni mag'lub etdi

Futbol
6 iyul, 12:57
Peshqadamlar jangida durang qayd etildi.
Superliga. Samarqandda peshqadamlar bahsida durang qayd etildi, "Paxtakor" "Navbahor"ni mag'lub etdi
Фото: Динамо ПФК

O‘zbekiston chempionatining 15-turidan o‘rin olgan ikki o‘yin yakunlandi.

Samarqandda "Dinamo" klubi "Nasaf"ni qabul qilib, 2:2 hisobida durang o‘ynadi. 85-daqiqagacha samarqandliklar g‘alaba qozonayotgan edi. Biroq Akmal Mozgovoy hisobni tenglashtiruvchi gol muallifiga aylandi.

Natijada "Nasaf" ochkolari sonini 33 taga yetkazdi. "Dinamo" esa 29 ochko bilan 2-o‘rinda qoldi.

Toshkentdagi bahsda "Paxtakor" klubi Flamarion va Sergeev gollari orqali "Navbahor"ni mag‘lub etdi, - 2:0.

Natijada "sherlar" 26 ochko bilan 6-o‘ringa ko‘tarildi. Sergey Lushan shogirdlari esa shuncha ochko bilan 7-pog‘onaga tushdi.

Superliga. 15-tur
Dinamo – Nasaf 2:2
Gollar: Alibek Davronov, 16 (0:1), Anvarjon Hojimirzayev, 26 (1:1), Marko Stanoevich, 45+4 pen (2:1), Akmal Mazgovoy, 85 (2:2)
Dinamo – Ravshan Yagudin, Ulug‘bek Abdullayev, Jahongir O‘rozov, Jaloliddin Jumaboyev, Oleksandr Kucherenko, Ratinho, Anvarjon Hojimirzayev, Oybek Ormonjonov, Marko Stanoevich, Sanjar Qodirqulov, Firdavs Abdurahmonov (Mirjahon Mirahmadov, 64, Muhsin Bozorov, 69).
Nasaf – Abduvohid Ne'matov, Alibek Davronov, G‘olib G‘aybullaev, Sherzod Nasrullaev, Akmal Mozgovoy, Zafarmurod Abdurahmatov, Sharof Muhitdinov, Oybek Bozorov, Sardorbek Bahramov (Suhrob Nurulloev, 46), Dragan Cheran, Husayn Norchaev.

Paxtakor – Navbahor 2:0
Gollar: Flamarion, 22 (1:0), Igor Sergeev, 65 (2:0)
Paxtakor – Vladimir Nazarov, Muhammadrasul Abdumajidov, Dishod Sayitov, Muhammadqodir Hamroaliyev, Abdulla Abdullayev, Mahmudjon Mahamadjonov, Sardor Sabirxo‘jayev, Abdurauf Bo‘riev (Ibrohim Ibragimov, 66), Flamarion (Doston Hamdamov, 76), Bashar Resan, Igor Sergeev (Brayan Riaskos, 66).
Navbahor – Umidjon Ergashov, Saidzamat Mirsaidov (Mirzohid G‘ofurov, 46), Azimjon Ahmedov (Shohmalik Komilov, 46), Sergey Karpovich, Gilherme Gedesh, Ruslanbek Jiyanov (Komiljon Tojidinov, 82), Benjamin Tedi, Alisher Odilov (Navro‘zbek Iminjonov, 73), Abbos G‘ulomov, Zabihillo Orinboev (Pedro Augusto, 82).

Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Bugungi yangiliklar
Oxirgi yangiliklar