O'zbek Ўзбек

Superliga. "Bunyodkor" "Andijon"ni ishonchli hisobda mag'lub etdi, OKMK esa safardan kichik hisobdagi g'alaba bilan qaytdi

Futbol
5 iyul, 13:33
"Qaldirg'ochlar" safida Luis Kachorri dubl muallifi bo'ldi.
Superliga. «Bunyodkor» «Andijon»ni ishonchli hisobda mag'lub etdi, OKMK esa safarda kichik hisobdagi g'alaba bilan qaytdi
FOTO: FC Andijon

Superliganing 15-turidan o'rin olgan ikki bahs yakuniga yetdi.

OKMK safarda "Mash'al" mehmoni bo'lib, 0:1 hisobida g'alaba qozondi. Mirjalol Qosimov shogirdlari ochkolari sonini 27 taga yetkazib, 5-o‘ringa ko‘tarildi. "Mash'al" esa 12-o‘rinda qoldi.

Andijondagi bahsda esa "Bunyodkor" 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Ilyos Zeytullaev shogirdlari ochkolari sonini 27 taga yetkazib, 3-o‘ringa ko‘tarildi. "Andijon" esa 9-o‘rinda qoldi.

Superliga. 15-tur

Mash'al - OKMK 0:1

Gollar: Avazbek Olmasaliev, 4 (0:1)

Mash'al: Umidjon Xamroev, Shakhboz Jo‘rayev, Ergash Ismoilov, Muhammadali Aliqulov, Sherzod Fayziyev (Salifu Mudasiri), Avazxon Mamatxo‘jayev, Islombek Baratov (Ibrohim G‘anihonov), Nurjaxon Muzafarov, Javohir Abdualiev (Sardor Abdurahimov), Anvar Murodov (Ibrohim No‘monov), Humoyun Murtazoev.
OKMK: Javohir Ilyasov, Dilshodbek Ahmadaliev, Avazbek Olmasaliev, Nodirbek Abdurazzoqov (Aziz Xolmuorodov, 84), Georgiy Papava, Xurshid G‘iyosov, Oybek Rustamov, Arihiro Sentoku (Abror Sarimsakov, 84), Ahmadulla Muqumjonov (Akrom Komilov, 73), Naoaki Senega (Asadbek Sobirjonov, 73), Ruben Sanchez (Ali Abdurahmonov, 89).

Andijon - Bunyodkor 0:2

Gollar: Luis Kachorri, 38 (0:1), 76 (0:2)

Andijon: Eldor Adhamov, Abdurahmonov Komilov (Bekzod Sulaymonov), Islombek Mammadkazin, Ilhom Abduganiyev (Iskandar Shoyqulov), Sardor Azimov, Muhammadkarim Toirov, Bektemir Abdumannov (Farhod Sohibjonov), Doniyor Abdumannopov, Shohjahon Yorqinboev (Damir Temirov), Rustam Turdimurodov (Miraziz Muhammadiev), Usmonali Ismonaliev.
Bunyodkor: Abdumavlon Abdujalilov, Najmiddin Normurodov, Muzaffar Olimjonov, Bobur Yoldoshev, Nikolas Mali, Itsuki Urata (Narimonjon Ahmadjonov, 81), Odiljon Hamrobekov, Nosirjon Abdusalomov (Martin Shroler, 62), Amir To‘raqulov (Azizbek To‘lqinbekov, 81), Luis Kachorri (Temurxo‘ja Abduxoliqo, 81), Imeda Ashortiya (Sardor Abdunabiev, 88).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov Editor
Bugungi yangiliklar
Oxirgi yangiliklar