“Arsenal”ning yangi futbolchisi Martin Subimendi “to‘pchilar”ga o‘tishi borasida o‘z fikrlarini bildirdi.
“Faoliyatimdagi muhim lahza. Bu men izlayotgan va amalga oshirishim kerak bo‘lgan qadam. “Arsenal”ga kelganingizdan so‘ng qaroringiz qanchalik to‘g‘ri ekanini anglab yetasiz.
Aynan shu jamoani tanladim. Chunki ularning o‘yin uslubi menga mos keladi. Bu klubda nimaga qodirligimni ko‘rsatishga harakat qilaman”, — deya Subimendining so‘zlaridan keltiradi “Arsenal” rasmiy sayti.
Avvalroq “Arsenal” 26 yoshli ispaniyalik yarimhimoyachining transferini e’lon qilgandi.