O'zbek Ўзбек

Subimendi – “Arsenal” futbolchisi

Futbol
6 iyul, 07:11
Londonliklar 26 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzoladi.
Subimendi – “Arsenal” futbolchisi
Фото: Арсенал ФК

“Arsenal” yarim himoyachi Martin Subimendining transferini e'lon qildi.

Ispaniyalik 26 yoshli futbolchi “to‘pchilar” bilan uzoq yillik shartnoma imzolagan.

Avvalroq insayder Fabrizio Romanoning xabariga ko‘ra, London klubi Subimendining transferi uchun 65 million yevro sarflagan. Bu summa bir necha bosqichda o‘tkaziladi.

O‘tgan mavsumda u “Real Sosiedad” safida barcha turnirlarda 48 o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan va 2 assist qayd etgan. Transfermarkt portali 26 yoshli yarim himoyachining narxini 60 mln yevroga baholamoqda.

Avvalroq “Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta klub rahbariyatidan hujum chiziqini kuchaytirishni talab qilayotgani xabar qilingandi.

Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Bugungi yangiliklar
Oxirgi yangiliklar