O'zbek Ўзбек

Sport kurashlari. O‘zbekiston Turkiyadagi xalqaro turnirda 5 ta medal qo‘lga kiritdi

Boshqa sportlar
30 iyun, 03:32
Kochaeli shahrida xotira turniri bo‘lib o‘tdi.
Sport kurashlari. O‘zbekiston Turkiyadagi xalqaro turnirda 5 ta medal qo‘lga kiritdi
Foto: Olympic uz

Turkiyaning Kochaeli shahrida sport kurashlari bo‘yicha xalqaro xotira turniri bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi MOQ matbuot xizmati.

Ko‘plab yetakchi jamoalar ishtirok etgan musobaqada O‘zbekiston jamoasi a’zolari 2 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.

Oltin medal:
-50 kg: Aktenge Keunimjaeva
-53 kg: Shohida Ahmedova

Kumush medal:
-76 kg: Svetlana Oqnazarova

Bronza medal:
-61 kg: Sardor Ro‘zimov
-74 kg: Jafar Cho‘liboev

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi Vetnamda o‘tgan Osiyo chempionatida yunon-rum kurashi bo‘yicha birinchi, erkin kurashda uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgandi.

Aʼzamjon Izzatillayev
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Bugungi yangiliklar
Oxirgi yangiliklar