O'zbek Ўзбек

Sport gimnastikasi. O‘zbekiston jahon chellenj kubogini 9 ta medal bilan yakunladi

Boshqa sportlar
22 iyun, 11:55
Ahrorxon Temirxonov va Abdulaziz Mirvaliyev ikkitadan oltin medal taqdim etishdi.
Sport gimnastikasi. O‘zbekiston jahon chellenj kubogini 9 ta medal bilan yakunladi
Foto: Olympic uz

Toshkentda sport gimnastikasi bo‘yicha jahon challenge kubogi o‘z nihoyasiga yetdi.

MOQ matbuot xizmati xabar berishicha, O‘zbekiston vakillari turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etib, jami 9 ta medalga sazovor bo‘lishdi.

Oltin medal:
Ahrorxon Temirxonov (parallel brus)
Abdulaziz Mirvaliyev (tayanib sakrash)
Ahrorxon Temirxonov (halqa)
Abdulaziz Mirvaliyev (erkin mashq)

Kumush medal:
Odinaxon Robijonova (to‘sin)
Oksana Chusovitina (tayanib sakrash)
Ravshan Komiljonov (ot ustida mashq)
Humoyun Islomov (erkin mashq)

Bronza medal:
Shahinabonu Yusufova (tayanib sakrash)

Foto: Olympic uz

Birinchi kungi bellashuvlarda 50 yoshli Oksana Chusovitina navbatdagi medalini qo‘lga kiritgandi.

Aʼzamjon Izzatillayev
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Bugungi yangiliklar
Oxirgi yangiliklar