Portugaliya terma jamoasi va «An Nasr» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu nima sababdan Diogo Jotaning dafn marosimiga bormagani ma'lum bo'ldi.
A Bola nashrining xabariga ko'ra, Ronaldu jurnalistlar tufayli dafn marosimiga bormaslikka qaror qilgan.
Manbaga ko'ra, «An Nasr» hujumchisi marosimga borib, ommaviy axborot vositalari e'tiborini kuchaytirishni istamagan. Ronaldu marhum futbolchining oila a'zolari bilan doimiy aloqada bo'lib turgan.
Mayorka matbuotining yozishicha, Krishtianu u vaqtda o'zining 88 futli «Azimut Grande» yaxtasida dam olayotgan bo'lgan.
Jotaning dafn marosimida ko'plab mashhur futbolchilar ishtirok etgan. Jumladan, Joau Kanselu va Ruben Nevesh KJCHdagi ishtirokini yakunlagach, to'g'ridan-to'g'ri AQSHdan uchib kelgan.
Avvalroq Jotaning dafn marosimida tartibsizlik kelib chiqqani va vaziyatni nazoratga olish maqsadida politsiya aralashgani xabar qilingandi.