Yevropada yozgi transferlar bozori kundan-kunga jadallashib bormoqda.
«Milan» hamda «Real Madrid» klublari «Tottenhem» futbolchisi Destini Udodjining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Italiyalik 22 yoshli himoyachining transferi uchun «shporlar» 60 million yevro miqdoridagi mablag'ni talab qilmoqda.
Futbolchi 2024/25 yilgi mavsum londonliklar safida 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, bir marta o'z hisobiga assist yozdirib qo'ya olgan.
Agar kelishuv amalga oshsa, Udodji yangi mavsumni Ispaniya yoki Italiya klublaridan birining tarkibida boshlashi mumkin.