Live
1
O'zbek

«Real» Shlotterbek uchun 50-60 mln yevro sarflashga tayyor — Bild

Futbol
9 iyun, 13:00
Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2031 yilning yozigacha moʻljallangan.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
«Real» Shlotterbek uchun 50-60 mln yevro sarflashga tayyor — Bild
Фото: Getty Images

«Real» klubi «Borussiya D» markaziy himoyachisi Niko Shlotterbekka qiziqish bildirmoqda.

Bild nashri xabar berishicha, germaniyalik 26 yoshli futbolchining nomzodi «qirollik» klubiga tayinlanishi kutilayotgan Joze Mourinioga ham ma'qul kelmoqda.

Qayd etilishicha, «Real» Shlotterbek transferi uchun taklif tayyorlamoqda. Transfer summasi bonuslarni hisobga olmaganda 50-60 million yevroni tashkil qilishi mumkin.

O‘tgan mavsumda Niko barcha turnirlar doirasida 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol va 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2031 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 55 million yevroni tashkil etadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar