"Real" Alvaro Arbeloaning jamoa bosh murabbiyligi lavozimidan ketganini e'lon qildi.
"Real" Madrid yoshlar akademiyasidagi faoliyatidan boshlab, klubda bo'lgan butun vaqti davomida doimo sodiqlik, fidoyilik va professionallikni namoyon etgan Alvaro Arbeloaga chuqur minnatdorchilik bildiradi. U klubimiz qadriyatlarining timsolidir.
Uning butun oilasiga hayotlarining ushbu yangi bosqichida eng yaxshi tilaklarni tilaydi", — deyiladi "qaymoqranglilar" xabarida.
Eslatib o'tamiz, Arbeloa "Real" bosh murabbiyi sifatida 13 yanvardan beri faoliyat yuritib kelayotgan edi. Uning qo'l ostida jamoa barcha turnirlarda 28 ta o'yin o'tkazib, ulardan 18 tasida g'alaba qozongan, ikki bor durang o'ynagan va sakkiz marta mag'lubiyatga uchragan.