«Barselona» vingeri Rafinya yozgi transferlar oynasida klubini o‘zgartirishi mumkin.
Jurnalist Ferran Martinesning xabar berishicha, braziliyalik futbolchiga Saudiya Arabistonining ikki grandi — «An Nasr» va «Al Hilol» qiziqish bildirmoqda.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, har ikki klub 29 yoshli futbolchi uchun 80 million yevro taklif qilishga tayyor.
Bundan tashqari, saudiyaliklar Rafinyaga hozirgi maoshidan qariyb to‘rt baravar yuqori maosh taklif etishga ham tayyor ekani aytilmoqda.
Braziliyalik futbolchi ushbu mavsum «Barselona» safida yuqori saviyada harakat qilmoqda. U 33 ta bahsda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o‘tamiz, Rafinya Kataloniya klubining hujum chizig‘idagi asosiy futbolchilardan biri hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, futbolchining «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning iyun oyiga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali uni 70 million yevroga baholagan.