Indoneziyaning Bali shahrida o‘tkazilayotgan qilichbozlik bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston milliy jamoasi navbatdagi medalga ega chiqdi. Sablya bo‘yicha ayollar milliy jamoamiz bronza medalini qo‘lga kiritdi, deb xabar beradi MOQ matbuot xizmati.
Saralashda Xitoy Taypeyi, Hongkong jamoalarini mag‘lub etgan qizlar yarim finalda Janubiy Koreyaga 42:45 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchinchi o‘rin uchun bahsda esa xitoylik raqiblaridan 45:43 hisobida ustun keldi.
Avvalroq O‘zbekiston vakili Fernanda Errera Osiyo chempionatida bronza medaliga sazovor bo‘lgani ma’lum qilingandi.