Oʻzbekiston milliy jamoasi Nyu-Yorkda Niderlandiyaga qarshi oʻrtoqlik bellashuvida maydonga tushdi.
Bu bahsda Ronald Kuman jamoasi penaltidan foydalangan holda 2:1 hisobida gʻalaba qozondi. Igor Sergeyev oʻzbekistonning bellashuvdagi yagona goliga mualliflik qildi.
Eʼtiborli tomoni shundaki, Niderlandiyaga qarshi oʻyin uchun stadionga yetib kelgan Oʻzbekiston milliy jamoasi delegatsiyasi AQSH xavfsizlik xodimlari tomonidan tekshiruvdan oʻtkazildi.
Qoʻshimcha qilish kerakki, milliy jamoamiz Nyu-Yorkda ilk bor shunday holatga duch kelishdi.
Maʼlumot uchun, Senegal milliy jamoasi ham AQSHda tekshiruvdan oʻtkazilgan.