Oʻzbekiston milliy jamoasi Niderlandiyaga qarshi ikkinchi nazorat uchrashuvini oʻtkazdi.
Unda Fabio Kannavaro boshqaruvidagi oʻzbekistonlik futbolchilar 2:1 hisobida gʻalaba qozondi. Azizbek Amonov va Avazbek Oʻlmasaliev gollarga mualliflik qildi.
Oʻrtoqlik oʻyini
Niderlandiya - Oʻzbekiston 1:2
Gollar: Amonov, Oʻlmasaliev
Oʻzbekiston – Ergashev, Nematov, Eshmurodov, Abdullayev, Karimov, Esanov, Jiaonov, Oʻlmasaliev, Rahmonaliev, Jaloliddinov, Amonov, Temirov, Sergeev, Iskanderov, Hamdamov.
Eslatib oʻtamiz, uchrashuv tomonlarning kelishuviga muvofiq yopiq eshiklar ostida oʻtdi hamda har bir boʻlim 30 daqiqadan davom etdi.