Nigeriyalik hujumchi Viktor Osimhen kelajagi borasida bir qarorga keldi.
Corriere dello Sport xabariga ko'ra, 26 yoshli futbolchi ko'plab jamoalardan takliflar bo'lishiga qaramay, "Galatasaray"da qolmoqchi.
Unga "Al Hilol" tomonidan yiliga 40 million yevro maosh taklif qilindi. Biroq futbolchi Yevropada qolishni xohlamoqda. Shu sabab u Saudiya klubining barcha takliflarini rad etdi.
Viktor o'tgan mavsum "Galatasaray"da ijarada to'p surdi. Turkiyaliklar futbolchining transferini to'liq sotib olish uchun "Napoli"ga 75 mln yevro to'lashi kerak.
Biroq "Galatasaray" uning transferiga 50-60 mln yevro to'lashga tayyor. Hozirda har ikkala jamoa o'rtasida muzokaralar davom etmoqda.
O'tgan mavsum u Turkiya klubi safida barcha turnirlarda 41 o'yinda maydonga tushib, 37 ta gol urdi va 8 assistni qayd etdi.
Avvalroq "Napoli" klubi rahbariyati Viktorni ortga qaytarishni rejalashtirayotgani xabar qilingandi.