Sloveniyada o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazayotgan O'zbekiston U-23 milliy jamoasi AQShga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazdi.
Unda Ravshan Haydarov shogirdlari kichik 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Yagona golni 64-daqiqada Firdavs Abdurahmonov urdi.
O'rtoqlik o'yini.
8 iyun, Sloveniya.
AQSh — O'zbekiston 0:1
Gol: Abdurahmonov 64.
O'zbekiston U-23 (asosiy tarkib) — 21. Samandar Muratbaev, 2. Saidxon Hamidov, 3. Dilshod Murtazoyev, 5. Quvonchbek Hushvaqtov, 8. Ollobergan Karimov, 9. Saidumarxon Saidnurullaev (s), 10. Azizbek To'lqinbekov, 16. Muhammadali Reimov, 17. Firdavs Abdurahmonov, 20. Dilshod Abdullaev, 25. Diyorbek Abdunazarov.
Avvalroq O'zbekiston U-23 milliy jamoasi Yaponiyaga qarshi o'rtoqlik o'yinida mag'lub bo'lgani ma'lum qilingandi.