Bugun
38
O'zbek

Origi futbolchilik faoliyatini yakunladi

Futbol
8 iyun, 18:46
Divokning so'nggi jamoasi «Milan» bo'ldi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Origi futbolchilik faoliyatini yakunladi
Фото: Getty Images

Belgiya hujumchisi Divok Origi 31 yoshida professional futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qildi.

«Futbolchi sifatidagi maqsadimga erishdim. Bolalikdagi orzularimni ro‘yobga chiqardim — eng katta sahnalarda o‘ynadim va eng nufuzli sovrinlarni qo‘lga kiritdim. Bularning barchasi uchun Yaratgandan minnatdorman. Endi men keyingi chaqiruv sari yo‘l olmoqdaman», — deyiladi Origining bayonotida.

Divok «Liverpul» safida APL va Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi. «Milan»da o‘ynadi. So‘nggi ikki yil davomida jamoa safida birorta ham rasmiy o‘yinda maydonga tushmadi.

Bugungi yangiliklar